13.08.2025 07:01
87
Norvegiya poytaxtida ham Muhammad eng ommabop ism boʻldi
Norvegiya Statistika boshqarmasi maъlumotlariga koʻra, 2024 yilda mamlakat poytaxtida Muhammad ismining turli variantlari 78 nafar bolaga qoʻyilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismidan keyingi oʻrinlarni Filipp (68 marta), Lyudovig (63 marta) va Teodor (60 marta) nomlari egallagan.
Butun mamlakat boʻyicha reytingda Muhammad (shu jumladan Muhammed, Moxammed va boshqa variantlari) 26-oʻrindan joy olgan.
Maъlumot uchun, 2023 yildan beri ushbu islomiy ism Britaniyada chaqaloqlarga qoʻyilgan ismlar reytingida birinchi oʻrinni band etib kelmoqda. Londonda esa bu holat oʻn yillikning boshidan beri kuzatilmoqda. Xuddi shunday vaziyat Germaniya poytaxti Berlinda ham (shuningdek ayrim boshqa shaharlarda) kuzatilib, Muhammad nomi mustahkam ravishda birinchi oʻrinda turibdi.