25.07.2024 14:34

Netanyaxu AQSh Kongressidagi nutqida nimalar dedi?

Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu AQSh Kongressidagi nutqida prezident Baydenga Isroil davlatini kuchli qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Rafahda Isroil armiyasi tomonidan “birorta ham begunoh falastinlik oʻldirilmaganini” maʻʻlum qildi - asosiy iqtiboslar.

24 iyulʻ kuni Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu AQSh Kongressida nutq soʻzladi. Uning nutqini kongressmenlar, milliarderlar, jumladan Tesla rahbari Ilon Mask, siyosatchilar olqishlab tingladi. Shu bilan birga, 100 nafardan ziyod demokrat kongressmenlar uning nutqiga boykot eʻʻlon qildi.

Isroil Bosh vazirining nutqi davomidagi asosiy bayonotlari:

Prezident Baydenga Isroil davlatini kuchli qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman;

Biz Baydenning Isroil davlati manfaati uchun qilgan saʻʻy-harakatlarini hech qachon unutmaymiz;

Rafahda Isroil armiyasi tomonidan birorta ham begunoh falastinlik oʻldirilmadi;

Aslida barcha terrorizm, barcha tartibsizliklar, barcha xaoslar, barcha qotilliklar ortida Eron turibdi;

Eronning terrorchi ishonchli vakillari Yaqin Sharq va undan tashqarida amerikaliklarni nishonga olishmoqda;

Eron shafqatsizlarcha prezident Trampni oʻldirish bilan tahdid qildi;

Biz nafaqat Isroilni, balki AQShni ham himoya qilyapmiz. Bizning dushmanlarimiz sizning dushmanlaringizdir. Bizning jangimiz sizning jangingiz. Bizning gʻalabamiz sizning gʻalabangizdir.

Isroil Qoʻshma Shtatlarga Yaqin Sharqda NATOga oʻxshash yangi ittifoq tuzishni taklif qilmoqda, u "Eron tahdidiga" qarshi qaratilgan.

Tsivilizatsiya kuchlari gʻalaba qozonishi uchun Amerika va Isroil birga turishi kerak.

AQSh kongressmenlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni olqishlar bilan qarshi  olgan bir vaqtda Isroil armiyasi Gʻazoga hujumlarini davom ettirdi.

Bu hujumlar natijasida Gʻazoning janubiy va markaziy hududlarida eng kamida 5 kishi qurbon boʻldi

7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazodagi tajovuzi qurbonlari soni 39 145 kishiga etdi.

Mavzuga aloqador