13.09.2025 12:51
75
NATO Rossiya dronlariga javoban operatsiya boshladi
Rossiyaga tegishli dronlar Polьsha havo hududiga kirib kelganidan soʻng NATO "Sharqiy qoʻriqchi" (Eastern Sentry) nomli operatsiyani boshlaganini eъlon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
NATO bosh kotibi Mark Ryuttening taъkidlashicha, operatsiyaning asosiy maqsadi — Evropaning sharqiy qanotini himoya qilishni kuchaytirish. Uning soʻzlariga koʻra, missiyaga Daniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Germaniya qoʻshilgan. Operatsiyaning boshqa jihatlari hozircha oshkor etilmagan.
"Rossiya dronlarining ittifoqchi davlatlar havo hududiga kirishi mutlaqo nomaqbul holat. Biz bunga koʻz yuma olmaymiz", degan Ryutte.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron esa Polьsha havo hududini himoya qilish maqsadida Rafale qiruvchi samolyotlarini jalb qilishga vaъda berdi.
Maъlumot uchun, 11 sentyabrь kuni Polьsha ittifoqchilardan Rossiyadan kelayotgan tahdidlarga qarshi qoʻshimcha havo mudofaa tizimlari va dronlarga qarshi texnologiyalarni soʻragan. NATO kuchlari esa 10 sentyabr kuni Rossiyaning Ukrainaga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli havo hujumi paytida Polьsha chegarasini kesib oʻtgan bir necha dronni urib tushirgan edi.