26.06.2025 14:39
42
NATO etakchilari sammitida nimaga kelishildi?
Joriy yilning 24–25 iyunь kunlari Gollandiyaning Gaaga shahrida 32 aъzo davlat ishtirokida NATO etakchilari sammiti boʻlib oʻtdi. Unda NATO davlatlari AQSh prezidenti Donald Trampning bir necha oylik bosimidan soʻng, 2035 yilga borib mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirishga kelishib oldi.
AQSh prezidenti Gaagadagi sammitdagi bu qarorni "Evropa va Gʻarbiy tsivilizatsiya uchun katta yutuq" deb atadi. Qoʻshma bayonotda aъzolar turli tahdidlarga, xususan, Rossiya va terrorizmga qarshi kurashda birlashganliklarini taъkidlashgan. NATOning 2026 yilgi sammiti Turkiya boʻlishi maъlum qilingan.
Shuningdek, NATO etakchilari "bir aъzoga hujum – barchaga hujum" tamoyiliga boʻlgan mustahkam sadoqatini tasdiqlagan.