Mьyanmada yuz bergan zilzila oqibatida mingdan ortiq kishi halok boʻldi
Mьyanmaning Mandalay shahri yaqinida sodir boʻlgan 7,7 magnitudali zilzila oqibatida 1000 dan ortiq kishi halok boʻldi, 2376 kishi jarohatlandi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar qildi.
Hukumat hozirda xalqaro yordam va xayriyalarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.
Shundan soʻng, Rossiya zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Myanmaga 120 nafar qutqaruvchi bilan ikki samolyot yubordi.
Mьyanma harbiy rahbari Min Aun Xlayn qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytib, qutqaruv ishlari davom etayotganini bildirdi. Maъlum boʻlishicha, shaharning koʻplab binolari jiddiy zarar koʻrgan, aholi esa ochiq havoda qolishga majbur boʻlgan.
“Hammamiz uydan yugurib chiqdik, chunki hamma narsa silkina boshladi. Koʻz oldimda besh qavatli bino qulab tushdi. Hamma koʻchaga chiqib olgan, bino ichkarisiga kirishga hech kimning yuragi betlamayapti”, dedi Mandalay aholisidan biri Reuters agentligiga.
Zilzila shuningdek, Tailand, Vetnam va Xitoyda ham sezildi. Bangkokda qurilayotgan osmonoʻpar binoning qulashi oqibatida 9 kishi halok boʻldi.