13.05.2025 14:24
46
Modi Pokiston bilan keskinlikdan soʻng ilk bor xalqqa murojaat qildi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Pokiston bilan soʻnggi toʻrt kunlik harbiy toʻqnashuvlardan soʻng 12 may kuni xalaqqa murojaat bilan chiqdi.
"Bu urush davri emas, biroq bu terror davri ham emas. Agar Hindistonga qarshi navbatdagi terakt amalga oshirilsa, keskin javob beriladi", degan Modi oʻz chiqishida.
Modi shuningdek, Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi suv bitimining toʻxtatilganiga ishora qilib, "suv va qon birga oqolmasligi"ni qoʻshimcha qilgan.
Oldinroq, AQSh vositachiligida ushbu ikki yadro quroliga ega qoʻshnilar oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilgandi. Shundan soʻng Hindiston mamlakat shimoli va gʻarbidagi 32 ta aeroportni ochgan edi.