06.09.2025 13:12
131

Misr xorijdagi faollarning oila aъzolarini ham jazolamoqda


Misr diasporasi butun dunyo boʻylab diplomatik vakolatxonalarni toʻsib qoʻyish orqali Qohiraning sionistlarni qoʻllab-quvvatlayotganiga norozilik bildirmoqda.

Hammasi Gaagadagi elchixona darvozalarini zanjirband qilgan kelib chiqishi misrlik faol Anas Habibdan boshlandi. Uning xatti-harakatlari shunga oʻxshash norozilik toʻlqinini keltirib chiqargan.

Nur Hossam Istanbulda ham uning harakatini takrorlamoqchi boʻlgan, biroq konsulxonaga sudrab olib kirilib, kaltaklangan. Nьyu-Yorkda namoyishni tasvirga olayotgan aka-uka Ali va Yasin BMT missiyasi eshiklarini zanjirband qilmoqchi boʻlganida jarohat olgan.

Oldinroq, Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdulati diplomatlarga, "xorijdagi norozi vatandoshlarini konsulxonaga sudrab olib kirib, ularning "hayotini doʻzaxga aylantirish” haqida koʻrsatma bergan edi.

Faollarning oilalari ham azob chekmoqda. Misr hukumati namoyishchilarning qarindoshlarini hibsga olgani haqida maъlumotlar bor. Xuddi shunday ijtimoiy tarmoqlarda bir misrlik faolning besh oila aъzosi hibsga olingani haqida xabarlar sizdirilgan.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, Misrda 20 mingdan 40 minggacha siyosiy mahbus boʻlishi mumkin, 2023 yildan beri esa 800 dan ortiq odam bedarak yoʻqolgan.

Mavzuga aloqador