Misr va Isroil chegarasida toʻqnashuv: ikki tomondan ham qurbonlar bor
Misr va Gʻazo sektori chegarasida joylashgan Rafah nazorat punktida Isroil va Misr harbiylari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keldi. Otishmada xavfsizlik xodimlaridan biri halok boʻlgan.
Misr armiyasi voizi Gʻarib Abdulhafiz X ijtimoiy tarmogʻida ertalab Rafah chegara punkti yaqinida yuz bergan toʻqnashuv haqida bayonot berdi.
Abdulhafiz hujumda Rafah chegarasidagi hududni qoʻriqlashdan masʻʻul bir xavfsizlik xodimining halok boʻlganini aytdi.
Voqea yuzasidan Misr qurolli kuchlari surishtiruv olib borayotganini maʻʻlum qildi.
Isroil armiyasi yozma bayonotida, Rafah chegara nazorat nuqtasida Misr va Isroil askarlari oʻrtasida toʻqnashuv boʻlganini tasdiqladi.
6 may kuni eʻʻlon qilingan xabarda Isroil armiyasi Rafahning sharqidagi koʻchirilgan falastinliklar boshpana topgan baʻʻzi mahallalarning evakuatsiya qilinishi haqida ogohlantirgan.
Shundan soʻng, 7 may kuni Isroil armiyasi Gʻazoning Rafah hududiga quruqlikdan hujum boshlagani va Gʻazo tomonidagi Misr bilan chegara punkti egallab olingani haqida eʻʻlon qilgan.
Isroil matbuoti xabariga koʻra, mojaro chogʻida bir Isroil armiyasi askari ham halok boʻlgan.