24.05.2025 10:07
89

"Milliardlab pullar och-nahor Gʻazoga emas, Trampga hadya qilindi"



Liviya bosh muftiysi Shayx Sodiq al-Gʻiryoniy arab davlatlarining AQSh prezidenti Donalьd Trampga katta miqdorda pul berganini tanqid qildi. 

"Milliardlab pullar Trampga shunchaki berib yuborildi. Gʻazoda ochlikdan oʻlayotgan bolalarni qutqarish uchun bir chaqa ham sarflashni istashmadilar", degan muftiy.

Bundan tashqari Gʻiryoniy misrliklar va iordaniyalik musulmonlarga murojaat qilib, “Gʻazoga boruvchi barcha yoʻllarni ochish, adolatsizlikka jim qarab turmaslik"ka chaqirgan edi. 

"Musulmonlar xoin hukumatlarining qosh-qovogʻiga qarab oʻtirmay, chegaralarni ochib Gʻazoga yordam kiritilishini taъminlashi kerak”, degan u.

Mavzuga aloqador