AQShning Michigan shtatida istiqomat qiluvchi musulmon guruhlari prezidentlik saylovida Donalʻd Trampni qoʻllab-quvvatlashlarini maʻʻlum qildi. "Musulmonlar sifatida biz prezident Trampni qoʻllab-quvvatlaymiz, chunki u Yaqin Sharq va Ukrainada tinchlik oʻrnatishga vaʻʻda qilmoqda", - dedi musulmonlar vakili.

AQShning Michigan shtatida istiqomat qiluvchi musulmon guruhlari 26 oktyabrʻ kuni boʻlib oʻtgan saylovoldi namoyishida Donalʻd Trampni qoʻllab-quvvatlashlarini maʻʻlum qildi.

"Biz musulmonlar sifatida Donalʻd Trampni qoʻllab-quvvatlaymiz, chunki u tinchlik oʻrnatishga vaʻʻda bermoqda. Biz Donalʻd Trampni qoʻllab-quvvatlaymiz, chunki u Yaqin Sharq va Ukrainada tinchlik oʻrnatishni vaʻʻda qilmoqda", - dedi soʻzga chiqqan musulmonlar vakili.

Musulmonlar Trampning urushga qarshi pozitsiyasidan tashqari, uning AQShda davom etayotgan madaniyat urushlaridagi pozitsiyasiga ham eʻʻtibor qaratishdi.  

“Biz Donalʻd Trampni oilaviy qadriyatlarni targʻib qilish va farzandlarimiz farovonligini himoya qilishga sodiqligi uchun, ayniqsa, oʻquv dasturlari va maktablar haqida gap ketganda, qoʻllab-quvvatlaymiz”, dedi musulmon jamiyati etakchilaridan biri.

Mavzuga aloqador