12.07.2025 06:20
32

Mali xuntasi rahbari oʻzini umrbod prezident boʻlib qolishiga oid qonunni imzoladi


Mali xuntasi rahbari polkovnik Assimi Kol Goyta prezidentlik lavozimini saylovlarsiz besh yillik muddatga qayta-qayta egallash imkonini beradigan qonunni imzoladi.

Eъlon qilingan hujjatga koʻra, Goita mamlakatda "tinchlik oʻrnatilgunicha" davlat rahbari lavozimida qolishi va prezidentlik davrini cheklovsiz yangi besh yilliklarga uzaytirishi mumkin boʻladi.

Bu qonun harbiy hukumatga Gʻarbiy Afrikada joylashgan mamlakatni kamida 2030 yilgacha boshqarish imkonini beradi. Bu esa avval berilgan, 2024 yil mart oyigacha fuqarolik boshqaruviga qaytish haqidagi vaъdani buzishdir.

Yil boshida xunta barcha siyosiy partiyalarni tarqatib yubordi va yigʻilishlarni taqiqlab, yangi siyosiy tashkilotlar tuzishga qarshi qattiq qoidalar oʻrnatdi.

Mavzuga aloqador