Makron Frantsiya saylovlariga aralashgani uchun Isroildan gʻazablandi
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Isroil diaspora ishlari vaziri Amixaya Shiklining mamlakatdagi
parlament saylovlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuv sifatida baholangan bayonotlaridan
gʻazablandi, deya xabar qildi Axios.
Makron
telefon orqali muloqot chogʻida Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxuga oʻz
noroziligini bildirgan.
Avvalroq
Shikli Frantsiyadagi parlament saylovlarida Jordan Bardell va Marin Le Penning “Milliy
birlashuv” partiyasini qoʻllab-quvvatlagan. Isroil vaziri Frantsiyada oʻta oʻnglar
gʻalabasi Isroil uchun eng afzal ekanini taʻʻkidlagan. Shu bilan birga, Shikli bosh
vazir Netanyaxuning bu masalada u bilan hamfikr ekanligini ham aytib oʻtgan.
Nashr isroillik
vazirning Evropa Ittifoqi mamlakatlaridagi oʻng partiyalar bilan yaqin aloqalariga
eʻʻtibor qaratadi. Shiklining may oyida oʻta oʻngchilar anjumanida qatnashgani, unda
Le Pen bilan suratga tushgani shundan dalolat beradi.
Frantsiya
parlamentiga navbatdan tashqari saylovlarda Le Penning “Milliy birlashuv”
partiyasi mamlakat Milliy assambleyasidagi 577 oʻrindan 143 tasini qoʻlga kiritib, uchinchi
oʻrinni egalladi. "Yangi xalq fronti" chap qanot koalitsiyasi eng
koʻp oʻrinni (182) oldi. Ikkinchi oʻrinni esa 168 mandat
bilan prezident Emmanuel Makronning «Birgalikda» koalitsiyasi qoʻlga kiritdi.