21.12.2024 12:44

Magdenburgdagi terakt ortida kim turibdi?

Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo bozori ishtirokchilariga qarshi teraktni Saudiya Arabistonidan kelgan 50 yoshli psixiatr va qochqin Taleb Al Abdulmohsen uyushtirgani aniqlandi. Maʻʻlumotga koʻra, u 2006 yilda Germaniyaga koʻchib oʻtgan. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi postlar uning islomofob va Buyuk Isroil va oʻta oʻngchi AfD partiyasini qoʻllab-quvvatlovchi fanatik sionist ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, u Germaniya hukumatini Islomga qarshi etarlicha kurashmayotganlikda aybladi. 

2019 yilda FAZ gazetasiga bergan intervʻyusida u ateist ekanligini va oʻzini “tarixdagi Islomning eng shafqatsiz raqibi” deb atagan edi. 

Uning ayrim postlarida: 
"Ishoning, yuz foiz qasos yaqinda keladi, bu mening hayotim boʻladimi yoki yoʻqmi, Germaniya katta narxni toʻlaydi", deyilgan. 

Agar Germaniya urushni xohlasa, ular xohlagan narsalariga erishadilar, agar ular bizni oʻldirmoqchi boʻlsa, biz ularni oʻldiramiz, gʻurur bilan oʻlamiz yoki qamoqqa tushamiz. 

Saudiya Arabistoni uni terrorizm va odam savdosi, xususan, Saudiya Arabistoni va Fors koʻrfazi davlatlaridan qizlarni Evropa Ittifoqi mamlakatlariga oʻtkazishni tashkil etishda ayblab, qidirmoqda.

Ayblovlarga qaramay, Germaniya unga siyosiy boshpana bergan va Saudiya Arabistoniga ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan.