19.12.2024 10:55

Karimovning oltin konlaridagi ulushi Ramzan Qodirovga oʻtishi mumkin, faqat...



Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni Rossiya hukumati va Suriyada hokimiyatni egallab olgan muxoliflar oʻrtasida vositachi boʻlishga taklif qildi. Bu haqda “Novaya gazeta” nashri oʻz manbalariga tayanib xabar berdi. 

Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, ularning Moskvada boʻlib oʻtgan soʻnggi uchrashuvida Checheniston rahbarining Yaqin Sharqdagi "barcha rasmiy va norasmiy" aloqalarini faollashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan. Ushbu uchrashuv haqida rasmiy tasdiq yoʻq. Qodirov oʻz kanalida 9 dekabrʻ kuni Kremlga Rossiya qahramonlarini "Oltin yulduz" medallari bilan taqdirlash marosimida tashrif buyurish uchun borganini yozgan. 

 “Endi Moskva Suriyadagi harbiy bazalari boʻyicha yuzaga kelayotgan muammoni zudlik bilan hal qilishi kerak. Agar Qodirov buni amalga oshirsa, u Wildberries'ni mukofot tariqasida olishi mumkin”, deydi nashr manbasi.

Shuningdek, ular dogʻistonlik senator Sulaymon Karimovning oltin qazib olish biznesidagi ulushini Qodirovga oʻtkazish masalasi “koʻrib chiqilishi” mumkin. Avvalroq, Karimov bilan Checheniston rahbari oʻrtasida nizo chiqqan edi. 

"Bilvosita, vositachilik boʻyicha ehtimoliy taklifni Ramzan Qodirovning oʻzi ham tasdiqlaydi. U oʻtgan haftada Suriya mavzusida uchta bayonot bergan", deb yozadi "Novaya Gazeta Evropa" 

Xususan, u “Hayʻʻat Tahrir ash-Shom”ni terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarib tashlash va “birinchi aloqalarni oʻrnatishga qodir boʻlgan ikki davlat aloqa guruhi ishini tashkil etishni” taklif qildi.