19.12.2024 14:05
Kanadada musulmonlarga qarshi nafrat jinoyatlari 13 baravarga oshdi
Kanada Adliya va Inson huquqlari doimiy qoʻmitasi Isroilning Gʻazoga hujumlari boshlangan 2023 yilning 7 oktyabridan 2024 yil martigacha mamlakatda musulmonlarga qarshi 1000 dan ziyod nafrat jinoyatlari sodir etilganini maʻʻlum qildi.
Qoʻmita tomonidan chop etilgan “Islomofobiya kuchaymoqda: nafratga qarshi turish va fuqarolik erkinliklarini birgalikda himoya qilish” nomli hisobotda 2023 yil 7 oktyabrdan keyin mamlakatda musulmonlarga qarshi kayfiyat (Islomofobiya) va falastinliklarga qarshi nafrat voqealari muhokama qilindi.
Hisobotga koʻra, 2023 yil 7 oktyabrda Isroil Gʻazoga hujumlarini boshlaganidan soʻng 2023 yil soʻnggi choragida falastinliklarga qarshi islomofobiya va nafrat jinoyatlari 13 barobarga oshgan. Xususan, 2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil martiga qadar 1000 ziyod nafrat jinoyatlari qayd etilgan.
Xabardor qilingan holatlarga taʻʻqib, vandalizm, tuhmat, shaxsiy maʻʻlumotlarni oshkor qilish, qoʻrqitish va zoʻravonlik kabi jinoyatlar kiradi.
Mamlakatda 2023 yil 7 oktyabrdan buyon falastinliklarga nisbatan islomofobiya va irqchilikning xavotirli kuchayishi kuzatilmoqda.
Ayrim holatlar universitet kampuslarida sodir boʻlar ekan, Falastin tarafdori talabalar ogʻzaki va jismoniy hujumlarga uchragan.
Qoʻmita nafrat jinoyatlariga qarshi shugʻullanuvchi boʻlinmalarni kuchaytirish, mamlakatdagi masjidlarga ajratiladigan xavfsizlik mablagʻlarini oshirish va nafrat hodisalariga tezkorlik bilan javob berish kerakligini taʻʻkidladi.
Boshqa tomondan, Qoʻmita ijtimoiy media kompaniyalari onlayn nafratga qarshi kurashish boʻyicha shaffoflik majburiyatlarini bajarishlarini taʻʻminlash uchun ularga nisbatan qattiqroq qoidalarni tavsiya qildi.