31.07.2025 10:31
48
Kanada Falastinni tan oladi
Kecha, 30 iyulь kuni Kanada bosh vaziri Mark Karni mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotining sentyabrь oyidagi yigʻilishida Falastin davlatini tan olishini maъlum qildi. Gʻazoda ocharchilik kuchayib borayotgan paytda amalga oshirilgan bu qadamlar Isroilga nisbatan bosimni oshirmoqda.
Kanada bu bilan Frantsiya va Britaniyadan keyin Falastinni tan olishi kutilayotgan G7 ning uchinchi davlati boʻladi.
Karni tan olish qarori – qisman Falastin davlatini BMTda ifodalaydigan Falastin maъmuriyatining boshqaruvni isloh qilayotgani, 2026 yilda umumiy saylovlar oʻtkazishga tayyorligi haqidagi kafolatlarga asoslanganini aytdi. Unga koʻra, bu saylovlarda HAMAS «ishtirok etmasligi kerak».
Isroil va uning eng yaqin ittifoqchisi hisoblangan AQSh esa Karnining bayonotlariga raddiya bergan.
Maъlumot uchun, Falastin davlati 2012 yildan beri BMT Bosh Assambleyasining aъzo boʻlmagan kuzatuvchi davlati hisoblanadi va uni tashkilotning 193 aъzosidan uchdan ikki qismi tan olgan.