27.01.2024 19:28

JSST Tel-Avivning HAMAS bilan til biriktiri haqidagi daʻʻvolarini rad etdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreesus Tel‑Avivning JSST HAMAS bilan til biriktirib, Isroilga qarshi fitna uyushtirayotgani haqidagi daʻʻvolarini rad etdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreesus Tel‑Avivning JSST HAMAS bilan til biriktirib, Isroilga qarshi “fitna uyushtirayotgani” hamda Gʻazo sektoridagi isroillik mahbuslar azobiga “koʻz yumayotgani” haqidagi daʻʻvolarini rad etdi.

“Bunday yolgʻon bayonotlar zararli va oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, aholining zaif qatlamlariga xizmat koʻrsatadigan xodimlarimiz uchun xavf tugʻdirishi mumkin”, — deb yozdi Gebreesus ijtimoiy tarmoqda.

BMT agentligi sifatida JSST xolis va barcha insonlar salomatligi va farovonligi uchun ishlaydi, deyiladi bayonotda.

Kecha, 25 yanvarʻ kuni Isroilning JSSTdagi vakili Meyrav Eylon Shahar tashkilot ijroiya kengashi yigʻilishida JSST HAMAS bilan hamjihatlikda ekanini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, tashkilot Isroil tomonidan Gʻazo sektoridagi shifoxonalardan terrorchilar harbiy maqsadlarda foydalangani haqidagi dalillarni eʻʻtiborsiz qoldirayotgani shundan dalolat beradi, deb yozadi The Times of Israel.

Juma kuni ertalab JSST matbuot kotibi Kristian Lindmae 7 oktyabrdan buyon Isroil tomonidan Gʻazo va Gʻarbiy Sohilda tibbiyot muassasalariga 676 dan ortiq hujum uyushtirilgani, natijada 623 kishi halok boʻlgani va 837 kishi jarohatlanganini aytdi.

Mavzuga aloqador