30.04.2024 10:53

Jozep Borrelʻ: May oyi oxirigacha bir necha davlat Falastin mustaqilligini tan oladi

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik boʻyicha oliy vakili Jozep Borrelʻ EIning bir qancha davlatlari Falastinni tan olishi mumkinligini maʻʻlum qildi.

Evropaning bir qancha aʻʻzo davlatlari may oyi oxirigacha Falastin davlatini tan olishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi EI tashqi ishlar vaziri Jozep Borrelning 29 aprelʻ kuni Ar-Riyodda boʻlib oʻtayotgan Jahon iqtisodiy forumining navbatdan tashqari yigʻilishi chogʻida bergan bayonotiga tayanib xabar berdi. EI diplomatiyasi rahbari qaysi davlatlar muhokama qilinayotganiga aniqlik kiritmadi.

Mart oyida Ispaniya, Irlandiya, Malʻta va Sloveniya birgalikda Falastin davlatini tan olishga intilishlarini eʻʻlon qilgan edi.

Jumladan, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches avvalroq Madrid Falastin mustaqilligini tan olish muddatini iyulgacha uzaytirmoqchiligini hamda EIda tez orada bir necha aʻʻzolarni bir xil pozitsiyani egallashga turtki beruvchisalmoqli massa” vujudga kelishini aytgandi.

Hozirgacha Evropa Ittifoqining 9 ta davlati Bolgariya, Vengriya, Kipr, Malta, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya va Shvetsiya Falastinni tan olgan.

BMTga aʻʻzo 193 davlatdan 140 tasi Falastin hududlarini alohida davlat sifatida tan olgan. 

Mavzuga aloqador