Jenindagi Ibn Sino kasalxonasiga bostirib kirgan Isroil askarlari uch falastinlikni otib tashladi
Isroil harbiylari ayollar va shifokorlar kiyimida Gʻazodagi Ibn Sino kasalxonasiga bostirib kirib, uch falastinlikni otib tashladi. Mazkur bosqin 1943 yilda tashkil etilgan va qiyofasi arablarga oʻxshab ketadigan isroilliklar olinadigan "Mistarabimning maxsus otryadi" aʻʻzolari tomonidan amalga oshirildi.
Bugun
tong saharda Falastinning Gʻarbiy Sohil qismida joylashgan Jenin shahridagi Ibn
Sino kasalxonasiga falastinlik ayollar va shifokor kiyimida bostirib kirgan
Isroil maxsus kuchlari uch falastinlikni otib tashladi. Bu haqda Al Jazeera xabar
bermoqda.
Qayd
etilishicha, mazkur bosqinchilik harakati xalqaro normalar va qonunlarga zid. Hujum natijasida ikki aka-uka – Muhammad va Bazil al-Gʻazaviy hamda ularning doʻsti
Muhammad Jalamne kasalxonadagi yotoqda otib oʻldirilgan. Bazil uyqusida vafot etgan. U ishgʻol kuchlari uyushtirgan portlashda
olgan jarohati tufayli uch oydan
buyon kasalxonada davolanayotgan
boʻlgan.
Yubka kiygan ishgʻolchilar "Mistarabimning maxsus
otryadi" aʻʻzolari
hisoblanadi. 1943 yilda yaratilgan mazkur guruh oʻzining "oʻlim
otryadlari" bilan mashhur. Ular yuz qiyofasi falastinliklarga oʻxshash
bosqinchilarni yollashadi.