04.12.2024 07:21
Janubiy Koreya prezidentiga impichment eʻʻlon qilinishi mumkin
Janubiy Koreya prezidenti tomonidan "Shimoliy Koreyaga xayrixoh kuchlardan tozalash va liberal konstitutsiyaviy tuzumni saqlash maqsadida" eʻʻlon qilingan harbiy holat parlament qarori bilan bekor qilindi. Endilikda prezidentni impichment kutmoqda.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat bekor qilinganidan keyin uni joriy etish tartibini buzgani uchun impichmentga duchor boʻlishi mumkin. Bu haqda Koryo universitetining ixtisoslashtirilgan yuridik magistratura professori Cha Jin A Janubiy Koreyaning SBS telekanaliga maʻʻlum qildi.
“Chunki harbiy holat joriy etilganidan keyingi birinchi farmonda parlament faoliyatini taqiqlash koʻzda tutilgan va bu Milliy assambleyaning harbiy holatni bekor qilishni talab qilish huquqini buzadi, mana shu konstitutsiyaning eng ochiq buzilishidir. Qolaversa, harbiy holat joriy etilgani haqidagi eʻʻlon hukumat yigʻilishisiz eʻʻlon qilindi, parlament talabi kechiktirilmasdan qabul qilinmadi... bularning barchasi prezidentga impichment eʻʻlon qilish uchun oʻta jiddiy asosdir”, - deydi ekspert.
Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol chorshanba kuni kechqurun "Shimoliy Koreyaga xayrixoh kuchlardan tozalash va liberal konstitutsiyaviy tuzumni saqlash uchun" harbiy holat joriy etilganini eʻʻlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreya muxolifatining bir qator yuqori martabali amaldorlarga impichment eʻʻlon qilishga urinishlari hokimiyatning falajlanishiga olib kelishi mumkin. Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni bekor qilishga ovoz berdi. Yigʻilishda 300 nafar deputatdan 190 nafari ishtirok etdi, ular bir ovozdan qaror qabul qildi.
Konstitutsiyaga koʻra, parlament koʻpchilik ovoz bilan unga qarshi ovoz berganidan keyin prezident harbiy holatni darhol bekor qilishi shart. Biroq prezident bir necha soatdan keyin tegishli murojaat qildi. Yun Sok Yolning aytishicha, parlament qaroridan soʻng u darhol hukumat yigʻilishini chaqirishga buyruq bergan, biroq kvorum yoʻqligi sababli qaror qabul qilinmagan. Biroz vaqt oʻtgach, yigʻilish eʻʻlon qilindi, unda bekor qilish qarori rasmiylashtirildi.