Isroilning “mediaqorovuli” – “CAMERA”
Britaniya tele-radio korporatsiyasi (BBC) oʻzining arab xizmatida ishlayotgan 6 nafar muxbiriga nisbatan Isroilga qarshi munosabatda boʻlganlikda ayblab tergov boshladi.
Tergov jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati
bilan bogʻliqligi, aniqrogʻi ularning “aybi” Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi va
Isroilni tanqid qiluvchi kontentga "layk bosib va ulashish" boʻlgani
bildirildi.
Biroq jurnalistlar Qatarda joylashgan Al-Jazira telekanaliga
yuborgan xatida ayblovlarni rad etishdi. Jurnalistlar, oʻz navbatida,
muassasalarini Isroil foydasiga noxolis yon
bosganlikda aybladilar. Rossiyaning Ukrainadagi urush jinoyatlari haqida
ikkilanmasdan xabarlar tarqatgan BBC Isroil-Falastin masalasida "tinch
aholi masalasida ikki tomonlama standartlar"ni qoʻllagani iddao qilindi.
"BBC Isroilning insoniyatga qarshi jinoyatlariga tanqidiy
yondashmagani uchun voqealarni toʻgʻri yoritmadi va shu sababli jamoatchilikka Gʻazoda
sodir boʻlayotgan inson huquqlari buzilishini haqida toʻgʻri maʻʻlumot bera olmadi”,
deyiladi maktubda.
7 oktabrdan beri minglab falastinliklar oʻldirilganiga diqqat
qaratilgan maktubda: "Bu raqamlar tahririyatimiz nuqtai nazarini oʻzgartira
oladigan darajaga etishi uchun yana qanchalik oʻsishi kerak?" degan iztirobli
savol qoʻyilgan.
Xoʻsh, nega BBC jurnalistlariga qarshi tergov boshladi?
BBC tomonidan tarqatilgan bayonotda 6 nafar xodimi xolislik
haqidagi tahririyat qoidalarini buzganlikda gumon qilinib, tergovga yuborilgani
aytilgan.
Isroil rasmiy muassasalari tomonidan BBCga "eshittirish
siyosatini oʻzgartirish" uchun qilgan bosimidan tashqari yana bir narsa koʻzga
tashlanadi...
"CAMERA"
Qoʻshma Shtatlarda 100 mingdan ortiq aʻʻzoga ega boʻlgan Amerika-Isroil Jamoatchilik bilan
aloqalar qoʻmitasi (AIPAC) kabi ulkan tuzilma, bundan tashqari, Isroilni
qoʻllab-quvvatlovchi 51 ta turli xil katta-kichik lobbi tashkilotlari mavjud.
Ular orasida Amerika ommaviy axborot vositalariga bosim
oʻtkazish va Yaqin Sharq bilan bogʻliq masalalarni yoritishda OAV tahririyatlarini nazorat (tsenzura)
qilish uchun masʻʻul boʻlgan Yaqin Sharq yangiliklari va tahlillarini tekshirish
qoʻmitasi (“CAMERA”) ham bor.
“CAMERA” oʻz faoliyati “Isroil va Yaqin Sharqni toʻgʻri va
muvozanatli yoritishga” qaratilganini iddao qiladi. Xoʻsh, haqiqatan ham shundaymi?
Keling, BBC ochgan tergovga qaytaylik...
BBCning oʻz jurnalistlarini tergovga yuborish haqidagi qarori
“CAMERA” tomonidan
taqdim qilingan va oʻz veb sahifasida nashr qilgan “BBC muxbirlarining ijtimoiy
tarmoqlarda Isroil tinch fuqarolari oʻldirilishini oqlovchi bayonotlar bergani”
haqidagi bir hisoboti ortidan qabul qilindi.
Gʻazodagi insoniyat fojiasiga nisbatan "muvozanatli va xolis"
siyosat yuritishini daʻʻvo qilgan VVCning nashr siyosati ushbu hisobotdan keyin oʻzgara
boshladi.
“CAMERA” qanday tashkilot?
Yaqin Sharq yangiliklari va tahlilini tekshirish qoʻmitasi 1982 yilda Vashingtondagi oʻqituvchi va ijtimoiy xizmatlar xodimi Vinfred Meiselman tomonidan The Washington
Post gazetasining Isroil-Livan urushi haqidagi xabarlariga, gazeta muxbiriga va umuman Isroil haqidagi qoralovlarga javob berish uchun tashkil etilgan. Tashkilotga Vashingtonda yashovchi taniqli siyosat arboblari, Senat aʻʻzolari, jurnalistlar, elchilar, nasroniy va yahudiy ruhoniylari kabi mashhur kishilar aʻʻzo boʻldi.
“CAMERA” Gʻarb OAVlari yahudiylar va Isroil haqida chop etayotgan hamma narsani kuzatib boradi. Kasbiy huquqbuzarlik deb hisoblagan kontent haqida ushbu ommaviy axborot vositalarining masʻʻul shaxslari bilan bogʻlanib xabar beradi hamda ularni tuzatishni talab qiladi.
Tashkilot Shimoliy Amerika, Evropa, Isroil, Ispaniya, Janubiy Afrika va Lotin Amerikasida “Talabalarni ish
bilan taʻʻminlash loyihasi” dasturlar orqali talabalarni kursdoshlariga “haqiqatlarni” oʻrgatishga undaydigan turli loyihalarni amalga oshiradi. Shu maqsadda tashkilot 1990 yilda universitetlarda Isroilga xayrixoh guruhlar tashkil etishga qaratilgan “Talabalar shaharchasida
“CAMERA” loyihasini ham yoʻlga qoʻydi. Hamda universitetgacha boʻlgan taʻʻlimning barcha bosqichlarida Isroilga qarshi va antisemitizm targʻibotiga qarshi kurashga qaratilgan “CAMERA” taʻʻlim institutiga asos soldi.
Boshqa tomondan, tashkilotda koʻrsatuvlarini "muammoli" deb bilgan
"The Guardian", "The Independent" va "BBC" kabi muhim media tashkilotlarini kuzatuvchi maxsus boʻlim mavjuddir.
Tashkilotning Arab ommaviy axborot vositalari departamenti BBC, AFP, CNN va boshqa Gʻarb ommaviy axborot vositalarining arab boʻlimlari bilan ham hamkorlik qiladi.