08.12.2023 07:54

Isroillik mahbus: HAMASdan emas, balki Isroil bizni oʻldirishi mumkinligidan qoʻrqdik

Isroil va HAMAS oʻrtasida erishilgan mahbus almashish kelishuvi doirasida ozod etilgan mahbuslardan biri HAMAS qoʻlida boʻlgan isroilliklar hayotidan xavotirda ekanliklarini bildirib, “Biz HAMASdan emas, balki Isroil bizni oʻldirishi mumkinligidan qoʻrqdikKeyin esa “Seni HAMAS oʻldirdi”, deyishardi”, - dedi. Bu haqda Isroilning Haaretz gazetasi maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda TRT haber.

Nashrning yozishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Isroil urush kabineti aʻʻzolari ozod etilgan isroillik mahbuslar oilalari bilan uchrashgan. Suhbat jarayonida sobiq mahbuslar Isroil hukumatini tanqid qildi.

Isroilning Gʻazoni bombardimon qilgani haqida mahbuslardan biri: "Oʻzimizni tashqarida nima boʻlayotganini bilmagandek his qildik. Siz razvedka borligini daʻʻvo qilyapsiz, lekin haqiqat shuki, bizni bombardimon qilishdi", - dedi.

Ozod qilingan mahbus ayollardan biri esa turmush oʻrtogʻi hamon HAMAS qoʻl ostida boʻlgan ayol Isroilning HAMAS tunnellarini dengiz suvi bilan toʻldirish rejasiga toʻxtalib: “U tunnellarga olib ketilgandi va siz tunnellarni dengiz suvi bilan toʻldirish haqida gapiryapsiz. Siz mahbuslardan koʻra siyosatni birinchi oʻringa qoʻymoqdasiz”, - dedi.

"Asirlarning qaerdaligini bilmaysiz"

Yana bir sobiq mahkum Isroilning Gʻazoni tinimsiz bombardimon qilishlari tufayli hamon asirlikda qolayotgan isroilliklarning hayotidan xavotirda ekanini taʻʻkidlab, "Televizorda koʻrganlarim meni koʻproq qoʻrqitmoqda. (Isroil) portlashlarini koʻryapman va mahbuslarning qaerda ekani haqida hech qanday tasavvurga ega emassiz. Men portlovchi moddalar bilan oʻralgan uyda edim. Tunnellarda uxladik va HAMASdan emas, Isroil bizni oʻldirishi mumkinligidan qoʻrqardik. Keyin esa: “Sizni HAMAS oʻldirdi”, deyishardi”, - dedi.

Mahbuslardan yana biri oʻzlari uchun hech narsa qilinmayotgandek his qilishgani, saqlanayotgan joylari bombalangani, jarohatlangan holatda qochishga majbur boʻlganlarini, vertolyot ularga qarata oʻq uzganini aytdi.

Mavzuga aloqador