13.02.2025 17:15
206

Isroil yaqin oylarda Eron yadroviy infratuzilmasiga hujum uyushtirishi mumkin – AQSh razvedkasi

Isroil yaqin oylarda Eron yadroviy infratuzilmasiga hujum uyushtirishi mumkin – AQSh razvedkasi

The Washington Post nashri oʻz manbalariga tayanib, Isroil yaqin oylarda Eronning yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.

AQSh razvedkasiga koʻra, ehtimoliy hujum Eronning yadroviy dasturini bir necha haftadan olti oygacha orqaga surishi mumkin, ammo Yaqin Sharqdagi keskinlikni yanada kuchaytirishi aniq.

Nashr manbalariga koʻra, Isroil 2025 yilning birinchi yarmida Fordo va Natanz yadroviy obъektlariga hujum qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Harbiy rahbariyat oʻtgan yil oktyabrь oyida Eron havo mudofaasiga qarshi amalga oshirilgan operatsiyadan toʻplangan tajribadan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Manbalarga koʻra, Isroilda ikki xil hujum varianti, havodan uchiriladigan ballistik raketalar bilan zarba berish va yadroviy obъektlarni BLU-109 bunker yoʻq qiluvchi bombalar bilan bombalashni koʻrib chiqmoqda.

Bu operatsiyada Amerika Qoʻshma Shtatlarining ishtiroki muhim rol oʻynashi mumkin. Xususan, Isroil samolyotlariga havoda yoqilgʻi quyish, razvedka va nishonni belgilashda AQShning yordami talab etilishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalari dekabrь oyida Isroil Suriyadagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Eronga zarba berishga hozirlik koʻrayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Eron hozircha bu daъvolarga rasmiy javob bermagan, ammo avvalroq Isroilning ehtimoliy hujumiga qarshi qatъiy javob qaytarishini bir necha bor taъkidlagan.

Mavzuga aloqador