17.02.2025 17:40
Isroil sudi 15 yoshli falastinlikni 18 yilga qamoqqa hukm qildi
Isroil sudi Sharqiy Quddus shimolidagi Shuafat qochqinlar lageridan boʻlgan 15 yoshli Muhammad Basil Zelbaniyni 18 yil qamoq jazosiga hukm qildi.
Falastin Mahbuslar Jamiyati bayonotiga koʻra, Zelbaniy ishgʻolga qarshilik koʻrsatganlikda ayblangan. Shuningdek, sud unga 300 000 shekel (83 333 AQSh dollari) miqdorida jarima tayinlagan.
Zelbaniy 2023 yil 13 fevraldan beri hibsda saqlangan. Isroil harbiylari uning oilasi yashagan uyni buzib tashlagan.
Sud ishgʻolga qarshi kurashni “jinoyat” sifatida baholab, falastinlik yoshning ozodlik huquqini rad etgan.
Falastin Mahbuslar Jamiyati maъlumotiga koʻra, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 14 500 falastinlik qoʻlga olingan, ular orasida 1115 nafar bola ham bor.
Isroil kuchlari tomonidan amalga oshirilayotgan hibslar, reydlar va hujumlar soni keskin oshgan.