Isroil politsiyasi Falastinda kitob doʻkoni egasini hibsga oldi
Isroil politsiyasi bosib olingan Sharqiy Quddusdagi eng
yirik Falastin kitob doʻkoni – "Maъrifiy"ga reyd uyushtirib, uning egalarini
hibsga oldi va yuzlab kitoblarni musodara qildi.
Doʻkonning egalari Ahmad va Mahmud Muna terrorizmga
aloqador materiallarni tarqatishda gumon qilinib hibsga olingan. Politsiya
maъlumotiga koʻra, musodara qilingan kitoblar orasida bolalar uchun moʻljallangan
"Daryodan dengizgacha" nomli rang berish kitobi ham bor.
Doʻkon egalarining oila aъzolari bu ayblovlarni rad
etib, politsiya kitoblarni ularning mazmunini aniqlamasdan musodara qilganini
aytmoqda. Ularga koʻra, zobitlar Falastin bayrogʻi yoki arabcha nomlar yozilgan
kitoblarni Google Tarjimon orqali tarjima qilib, plastik qoplarga solib olib
ketishgan.
Isroil Falastin xalqini hujum bilan madaniyati va
taъlim tizimini esa shu kabi bosim oʻtkazish orqali uni yoʻqotishga harakat
qilmoqda.