Isroil matbuoti Golani brigadasi katta yoʻqotishlar ortidan Gʻazo sektoridan vaqtinchalik chiqishini eʻʻlon qildi.

Isroil «13-kanal» televideniesi Isroil armiyasi ichidagi elita piyoda askar brigadalaridan biri boʻlgan Golani harbiylari "saflarini qaytadan tashkil qilish va jonlantirish" uchun Gʻazoni tark etganini maʻʻlum qildi.

Walla sayti esa "70 kundan ortiq vaqt oʻtkazgan va 44 askarini yoʻqotgan Golani brigadasi oilalarini koʻrish uchun bir necha kunga Gʻazoni tark etdi", deya xabar qildi.

“12-kanal” televideniesi Gʻazo sektori sharqidagi Shujaiye tumanida 9 kun davom etgan ogʻir toʻqnashuvdan soʻng Golani brigadasi askarlari Gʻazoni tark etgani, qoʻmondonlari podpolkovnik Tomer Grinberg va 8 askarning halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

Xabarda aytilishicha, askarlar Gʻazoga qaytish buyrugʻini kutmoqda.

Shuningdek, matbuotda Gʻazo shimoli va janubida faoliyat yuritayotgan Parashyutchilar brigadasining batalʻonlari ham Gʻazodan olib chiqib ketilgani maʻʻlum qilindi.

13 dekabrʻ kuni Isroil matbuotida chiqqan xabarda, Hamasning harbiy qanoti Izzeddin al-Qassam brigadalari tomonidan Shujaiye tumanida uyushtirilgan pistirmada juda koʻp askarning halok boʻlgani va yaralangani bildirildi.

Isroil qoʻshini oʻz bayonotida, pistirmada Golani brigadasidan 9 askar halok boʻlgani, 4 nafarining esa ogʻir yaralanganini maʻʻlum qildi. 

Mavzuga aloqador