31.07.2024 08:32
680

Isroil Livan poytaxtiga aviahujum uyushtirdi: bir ayol ikki bola halok boʻldi

Isroil harbiy uchoqlari Hizbullohning yuqori martabali qoʻmondonlaridan biri, Hasan Nasrullohning katta harbiy maslahatchisi va yuqori aniqlikdagi raketa loyihasi rahbari Fuad Shukrni oʻldirish maqsadida Livan poytaxti Beyrut shahridagi binolardan biriga hujum uyushtirdi. Manbalarga koʻra, Fuad Shukr hujumdan avvalroq binoni tark etgan, hodisada uch kishi – bir ayol va ikki bola halok boʻldi, koʻplab insonlar jarohatlandi.

Kecha tunda Isroil aviatsiyasi Livan poytaxti Beyrut shahri janubiga hujum uyushtirdi. Axios nashrining Isroil rasmiysiga tayanib xabar berishicha, Livandagi hujum nishoni Hasan Nasrullohning katta harbiy maslahatchisi va yuqori aniqlikdagi raketa loyihasi rahbari, harakatning barcha harbiy amaliyotlari uchun masʻʻul Fuad Shukr boʻlgan.

Hujum natijasida uchi kishi – bir ayol va ikki bola halok boʻldi, eng kamida 66 kishi jarohatlandi.

Eronning Tasnim axborot agentligi esa Fuad Shukr hujumdan avvalroq binoni tark etgani uchun omon qolganini maʻʻlum qildi. Hoji Muhsin nomi bilan ham tanilgan Shukr FQB tomonidan 1983 yilda AQSh dengiz piyodalari kazarmasini portlatishda ishtirok etgani uchun qidiruvga berilgan.