14.02.2025 17:30
Isroil harbiylari Suriyaga oʻrnashmoqda
Isroil armiyasi jangchilari Suriyaning Kuneytra viloyatidagi Kudna qishlogʻida kuzatilgani maъlum qilindi. Harbiylar zirhli texnikada harakatlanib, mahalliy yoʻllarda patrullikni amalga oshirgan.
Suriya manbalari qoʻshni Saida qishlogʻida ham Isroil harbiy konvoyi paydo boʻlganini, unda 12 ta harbiy texnika va shaxsiy tarkib joylashganini maъlum qilgan.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Joʻlon tepaliklari yaqinida harbiylar soni oshirilishini eъlon qildi. Uning taъkidlashicha, «Janubiy Suriyada tozalangan mudofaa hududi tashkil etiladi», shuningdek, Isroil armiyasi qish mavsumini strategik ahamiyatga ega Ash-Shayx togʻida oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Sionistlarning bu kabi harakatlari kelgusida mintaqadagi vaziyatni yanada olovlantirishi mumkin.