Isroil harbiylari jangovar itga daunga chalingan falastinlikni oʻldirishiga qoʻyib berishdi
Isroil harbiylari jangovar it Daun sindromi va autizmga chalingan 24 yoshli falastinlik Muhammad Bharni tilka-pora qilib oʻldirishiga qoʻyib berishdi. Shuningdek, ular Muhammadga yordam berishlariga ham toʻsqinlik qilishgan. BBC holat haqida dastlab “Gʻazolik Daun sindromli erkakning yolgʻizlikdagi oʻlimi” sarlavhasi ostida xabar berdi, oʻquvchilarning tanqididan soʻng esa “Gʻazolik Daun sindromiga chalingan erkakka Isroil armiyasi iti hujum qildi va oʻlimga tashlandi, deydi onasi” deb oʻzgartirildi.
Daun
sindromi va autizmga chalingan 24 yoshli falastinlik Muhammad Bhar Isroil
harbiylari tomonidan oʻldirildi. Ular qoʻyib yuborgan jangovar it yigitni gʻajib
tashladi. Isroilliklar qurol bilan uning oilasini oʻlim arafasida turgan yigitni
yordamsiz tashlab ketishga majburlashdi.
Muhammadning
oilasiga koʻra, Isroil qoʻshinlari 3 iyulʻ kuni ularning uyiga harbiy it bilan
bostirib kirgan.
Jabrlanuvchining
onasi Bi-bi-si bilan suhbatda u isroillik harbiylarni Muhammadning ahvoli
haqida ogohlantirib: “Uni asrab qoling, u nogiron. Itni unga yaqinlashtirmang”, -
degan, biroq barcha urinishlari behuda ketgan.
“It unga
hujum qildi, koʻkragidan, keyin qoʻlidan tishladi. Muhammad gapirmadi, faqat:
“Yoʻq, yoʻq, yoʻq”, deya ingradi”, - dedi Nabila BBC ga.
Hujumdan
soʻng isroillik askarlari Muhammadni oilasidan ajratib, yordamsiz oʻlimga qoldirib
ketishga majburlagan. Oila uyiga qaytgach, Muhammadning polda qonga belanib
yotganini koʻrgan.
"Biz
uni ulardan ham, itdan ham qutqara olmadik", - deydi Nabila.
Qayd
etilishicha, ushbu holat haqida BBC dastlab “Gʻazolik Daun sindromli erkakning
yolgʻizlikdagi oʻlimi” sarlavhasi ostida xabar bergan. Bu esa tarmoq
foydalanuvchilari oʻrtasida qizgʻin noroziliklarga sabab boʻlgan. Shundan soʻng
sarlavha “Gʻazolik Daun sindromiga chalingan erkakka Isroil armiyasi iti hujum
qildi va oʻlimga tashlandi, deydi onasi” deb oʻzgartirilgan.