Isroil harbiy xarajatlari oyiga 1,8 dan 4,7 mlrd dollarga oshdi
Isroilning harbiy xarajatlari 2023 yil 7 oktyabrgacha oyiga 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yil oxirida bu koʻrsatkich 4,7 mlrd dollarga etgan. Ayni paytda esa kuniga 131 mln dollardan ziyod mablagʻ sarflanmoqda. Shuningdek, Isroilning “Xizbulloh” etakchisi va uning amakivachchasini oʻldirishga qancha sarflangani maʻʻlum boʻldi.
2023 yil
7 oktyabrgacha Isroilning harbiy xarajatlari oyiga 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan
boʻlsa, oʻtgan yil oxiriga kelib, Stokgolʻm xalqaro tinchlik tadqiqot institutiga
koʻra, taxminan 4,7 milliard dollarni tashkil etgan.
Institut
maʻʻlumotlariga koʻra, Isroil oʻtgan yili oʻz harbiylarini moliyalashtirish uchun 27,5 mlrd
dollar sarflagan.
Armiya vakilining
taʻʻkidlashicha, TsAXAL bir kunlik jang uchun yaqin vaqtgacha 400 million shekel (105,4
mln dollardan ziyodroq) sarflagan, ammo urush shimoldan Livangacha kengayishi bilan
xarajatlar ortib, kuniga yarim milliard shekeldan (131 mln dollardan ziyodroq) oshgan.
Va bu xarajatlar yaqin kelajakda ular yanada koʻpayishi mumkin.
Shu
jumladan, sentyabrʻ oyi boshidan, ayniqsa shimoliy frontda urush kengayganidan va 1
oktyabrda Livan janubida quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan keyin Isroil harbiy
xarajatlari taxminan 6,8 mlrd dollarga oshgan.
Ynet
nashrining yozishicha, birgina “Hizbulloh” etakchisi Nasrullohni oʻldirishga 6,8 mln
dollar (taxminan 10 soniya vaqt va 80 tonna bomba), uning amakivachchasi Safi
ad-Din oʻldirilgani aytilayotgan hujumga esa 5,4 million dollar sarflangan.
Qayd
etilishicha, Isroil iqtisodiyoti shimoliy va janubiy jabhalarda urushning yana uzoq
davom etishiga dosh berishi qiyin boʻladi. Manbalarning fikricha, hukumat kelasi yil
uchun harbiy byudjetni oshirish choralarini koʻrishi kerak.