16.06.2025 10:54
233
isroil harbiy obъektlari aholi gavjum hududlarda joylashtirilgan – Haaretz
isroilning razvedka va harbiy qarorgohlari Telь-Avivdagi fuqarolar yashaydigan hududlarning oʻrtasiga joylashtirilgan. Bu haqda Haaretz nashrida eъlon qilingan maqolada soʻz boradi.
Qayd etilishicha, isroil mudofaa vazirligi va bosh shtabining Telь-Aviv shahri markazida joylashgani aholi uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. isroil rejimining Gʻazoda qoʻllayotgan mezonlarini inobatga olsak, bu erdagi barcha odamlar "tirik qalqon" va "qonuniy nishon" hisoblanadi.
Huquqshunos professor Yoram Dinsteynning taъkidlashicha, mudofaa vazirligi harbiy obъekt hisoblanadi va nazariy jihatdan, u qonuniy nishon sifatida hujumga uchrashi mumkin.
Bosh shtab joylashgan Kiriya majmuasi esa bundan ham ochiqroq nishon sanaladi. Yahudiy davlati ekspertlari bunday obъektlarni shahar tashqarisiga koʻchirishni taklif qilishmoqda.
Shu sababli, aholi zich joylashgan shahar markazidagi harbiy binolarning hujumga uchrashi orqali tinch aholi katta zarar koʻrishi mumkin.