03.10.2025 11:03
118

isroil genotsidiga qarshi XJSga daъvo kiritgan JAR elchisi oʻldirildimi?



Janubiy Afrikaning Frantsiyadagi elchisi Nkosinati Emmanuel Mthethva bosqinchi isroilga qarshi Xalqaro jinoiy sudga daъvo arizasi kiritgani uchun Tel-Aviv buyurtmasi bilan oʻldirilgani aytilmoqda. 

Qayd etilishicha, elchi Parijdagi mehmonxonaning 22-qavatidan yiqilib halok boʻldi. Uning jasadi mehmonxona oldidan topilgan. Ajablanarlisi elchi vafotidan ikki kun toʻsatdan gʻoyib boʻlgan. Mthethvaning rafiqasi avvaliga eridan xavotirli xabar olganini, shundan soʻng u yoʻqolib qolganini maъlum qilgan.

Politsiya elchining oʻz joniga qasd qilish ehtimolini oʻrganish uchun Bua-de-Bulon hududida tintuv oʻtkazgan. Parij prokuraturasi elchining mehmonxona xonasidagi himoyalangan oyna buzib kirilganini aytmoqda. Mhethvaning yaqinlari ham uning oʻz joniga qasd qilish ehtimolini rad etib, buni elchining jasadida qiynoq izlari borligi bilan izohlagan.

Janubiy Afrika hukumati elchi Mthethvaning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur qaygʻu va taъziya izhor qilgan.

Mavzuga aloqador