05.08.2025 13:10
131
Isroil Gʻazodagi qirgʻin uchun AQShdan ruxsat olganmi?
Ummat haligacha andisha qilar ekan, bosqinchilar uyalmasdan "Gʻazoni bosib olamiz ...", deyishmoqda. Bunga Vashington tomonidan yashil chiroq yoqilganiga shubha yoʻq. Bu haqda Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqi raisi Ali Qoradogʻiy soʻz ochdi.
"Xoʻsh, musulmonlarning jurъatini kim oʻchirdi, uning barcha azmu shijoati qanday qilib dushmanlarining qoʻliga oʻtdi? Ummatni mazlumlarga yordam berishga safarbar eta olmaydigan fiqh, kitob va fatvolar qancha boʻlsa ham oʻlik hisoblanadi. Bugun Gʻazo uchun turmagan xalq oʻziga xiyonat qilib, yoʻnalishini yoʻqotdi", deyiladi Qoradogʻiyning dunyo musulmonlariga murojaatida.
Shuningdek musulmon davlatlar rahbarlarini ogohlikka chaqirgan Qoradogʻiy, ularning bugungi Gʻazodagi genotsid uchun bevosita javobgar ekanligini eslatgan.
"Ey musulmon rahbarlar! Bugun harakat qiling! Gʻazo xalqining oʻlishini kutmang! Aks holda erta yoki indin sizga ham navbat keladi", degan Qoradogʻiy.