14.12.2023 17:53

Isroil-Gʻazo urushi: kunning asosiy voqealar dayjesti

Isroilning Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilda Falastin xalqiga qarshi dahshatli tajovuzi qurbonlari soni kamida 18 884 kishiga etdi (ularning 286 nafari Gʻarbiy sohilda), 55 000 (3430) dan ortiq kishi jarohat oldi. - WAFA


7 oktyabrdan beri Gʻazo sektori va bosib olingan Gʻarbiy Sohilda isroillik harbiylar qoʻlidan 3714 nafar maktab oʻquvchisi halok boʻldi, yana 5429 nafari jarohatlandi. Shuningdek, 69 kunlik urush davomida 200 nafar oʻqituvchi va taʻʻlim muassasalari xodimlari Isroil hujumlari oqibatida hayotdan koʻz yumdi. - WAFA


AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanyaxuni soʻnggi ikki oy ichida Isroil havo hujumlari natijasida 20 mingga yaqin odam halok boʻlgan va 50 mingdan ortiq odam jarohatlangan Gʻazodagi urush paytida bemaqsad bombardimon qilishda aybladi. Bayden hozirgi Isroil hukumatini tarixdagi eng konservativ hukumat deb atadi va uni oʻz taktikasini oʻzgartirishga chaqirdi. – Financial Times


AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Mettʻyu Miller Gʻazo shimolida asirga olingan falastinliklarni echintirib, ularga gʻayriinsoniy munosabatda boʻlingani boʻyicha Isroil rasmiylari bilan suhbatlashilgani, ularga bunday amaliyotga boshqa qoʻl urilmasligi ochiq aytilganini bildirdi. – Anadolu


Isroilning Londondagi elchisi Tsipi Xotoveli oʻz mamlakati va Falastin uchun ikki davlat echimini rad etib, falastinliklarning oʻz davlatiga ega boʻlmasligini aytdi. - SkyNews


BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi (UNRWA) 2023 yil ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohilda Isroil armiyasi va yahudiylar hujumlari qurbonlari sonini qayd etish boshlangan 2005 yildan buyon eng qonli yil boʻlganini maʻʻlum qildi. – Anadolu


Isroil jangovar samolyotlari Gʻazo sektorining shimoli va janubidagi katta hududlarga, xususan janubdagi Xon Yunis va Rafah shaharlariga bir qator shiddatli reydlar uyushtirdi va Rafahdagi bombali hujumlarda kamida 27 kishi halok boʻldi. – WAFA


Ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilning Jenin shahrida Isroil uchuvchisiz uchoqlari tomonidan uyushtirilgan hujumda 3 nafar falastinlik halok boʻldi, yana 10 kishi jarohatlangan. Shaharning sharqiy qismiga uchirilgan koʻp sonli “Energa” raketalari katta zarar etkazdi. – WAFA


Isroil AQShdan 20 mingdan ortiq avtomat soʻragan, qurol paketining narxi 34 million dollardan oshadi. Biroq Qoʻshma Shtatlar Tel-Avivdan qurol-yarogʻlar ekstremist koʻchmanchilar qoʻliga tushmasligi uchun kafolat olish maqsadida ularni etkazib berish boʻyicha muzokaralarni kechiktirmoqda. - TRT


Amerikalik yahudiylar Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatish talabi bilan Los-Anjeles trassasini toʻsib qoʻyishdi. Namoyishchilar katta yoʻlda bir-biriga yonma-yon oʻtirib, harakatni toʻxtatib qoʻyishi natijasida shaharda koʻp kilometrlik tirbandlik paydo boʻldi. – Islamnews.ru



Mavzuga aloqador