14.12.2023 11:53

Isroil Gʻazo shimolida 70 dan ortiq tibbiyot xodimini hibsga oldi

Isroil harbiylari Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahrida joylashgan Kamal Advan shifoxonasining 70 dan ortiq tibbiyot xodimini hibsga oldi. Ushbu kasalxona hududdagi faoliyat koʻrsatayotgan soʻnggi tibbiyot muassasasi boʻlib qolmoqda.

"Koʻplab tibbiyot xodimlari hibsga olinib, nomaʻʻlum manzilga olib ketilgan, 70 dan ortiq tibbiyot xodimlari", - dedi klinikaning pediatriya boʻlimi boshligʻi doktor Hossam Abu-Safiya.

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi bayonotida aytilishicha, Isroil 70 dan ortiq tibbiyot xodimi, jumladan kasalxona direktori doktor Ahmad Al-Kahlotni hibsga olgan.

Shifokorning aytishicha, poliklinikada suv va elektr yoʻq. "Biz kasalxonada qolgan bemorlarni kuzatib borish uchun primitiv chiroqlar bilan ishlayapmiz", - dedi shifokor.

U isroillik harbiylar 16 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan barcha erkaklarni binoni tark etishni buyurgani, keyinroq ularning hammasini hibsga olgani va nomaʻʻlum tomonga olib ketganini qoʻshimcha qildi. Askarlar faqat 6 nafar shifokorga bemorlarni davolash uchun qolishga ruxsat berishgan. Shifokorning aniqlik kiritishicha, shifoxonada yuzlab bolalar, ayollar va qariyalar qolmoqda.

Kasalxona hududi 12 dekabrʻ kuni ayniqsa kuchli bombardimonga uchradi, shundan soʻng u erga Isroil qoʻshinlari bostirib kirgan. Abu Safiya vaziyatni “juda xavfli” deb baholadi.

Shuningdek, 11 dekabrʻ kuni shifoxonaning tugʻruq boʻlimiga Isroil tank snaryadlari tushgani xabar qilindi. Zarba oqibatida ikki ayol halok boʻlgan, yana ikki nafari shu qadar ogʻir yaralanganki, ularning oyoqlarini kesib tashlashga toʻgʻri kelgan.

BMT va yirik xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Isroilning harakatlarini tanqid qilib, Gʻazo shifoxonalariga qilingan hujumlarni qabul qilib boʻlmas deb atadi. Tibbiyot xodimlarining ogohlantirishicha, soha sogʻliqni saqlash tizimi deyarli ishlayotgani yoʻq va boshqa bosimga dosh bera olmaydi.

JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreesus "bir necha kunlik qamaldan soʻng Gʻazo sektoridagi Kamal Advan kasalxonasiga reyd uyushtirilgani haqidagi xabarlardan juda xavotirda" ekanini aytdi.

Mavzuga aloqador