07.11.2024 08:58
591

Isroil Gʻazo sektoriga 85 ming tonnadan ortiq portlovchi modda tashladi

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga 85 ming tonnadan ortiq portlovchi moddani tashladi. Natijada qishloq xoʻjaligi maydonlari yaroqsiz holga keltdi, er zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslandi, oʻnlab yillar davomida ekin ekishga yaroqsiz holga keldi.

Atrof-muhit sifati boʻyicha Falastin maʻʻmuriyati BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 6 noyabrda nishonlanadigan Urush va qurolli mojarolar vaqtida atrof-muhitdan foydalanishning oldini olish kuni munosabati bilan bir yildan ortiq vaqtdan beri Isroil tomonidan bombardimon qilinayotgan Gʻazo sektoridagi ekologik ofat haqida maʻʻlumot berdi.

Qayd etilishicha, Isroil 2023 yil 7 oktyabrdan beri Gʻazo sektoriga 85 ming tonnadan ortiq portlovchi moddalarni tashlagani 40 mingdan ortiq falastinlikning oʻlimiga sabab boʻlishi bilan birga, qishloq xoʻjaligi erlarini ham butunlay izdan chiqargan.

Gʻazo sektoriga tashlangan bombalar “Ikkinchi jahon urushi davrida qoʻllanilgan bombalardan ancha kuchliroq”.

“Isroilning tinimsiz bombardimonlari natijasida katta-katta qishloq xoʻjaligi maydonlari yaroqsiz holga keltdi, er zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslandi, oʻnlab yillar davomida ekin ekishga yaroqsiz holga keldi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Isroil Gʻazo sektorida inson hayoti va barcha tirik organizmlar uchun xavf tugʻdiruvchi fosfor bombalarini qoʻllaganiga eʻʻtibor qaratildi. Bomba portlashi natijasida er osti suvlariga qoʻyilgan kimyoviy moddalar Gʻazo sektoridagi hayotga oʻnlab yillar davomida salbiy taʻʻsir koʻrsatadi, deyiladi hisobotda.

Falastin maʻʻmuriyati BMT va xalqaro hamjamiyatni Isroil hujumlarini toʻxtatish, atrof-muhitdan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish va xalqaro qonunlarga rioya etilishini taʻʻminlash uchun shoshilinch choralar koʻrishga chaqirdi.

Mavzuga aloqador