28.01.2025 17:15
486

Isroil Gʻarbiy Sohildagi al-Numon qishlogʻini buzishni rejalashtirmoqda



Isroil hukumati Baytlahmning sharqida joylashgan al-Numon qishlogʻida barcha 45 uyni buzishni rejalashtirmoqda. Buzilishga sabab sifatida qurilishga ruxsat yoʻqligi koʻrsatilgan boʻlsa-da, qishloq 1948 yildan beri mavjud boʻlgan va oxirgi uy 1993 yilda qurilgan. Ushbu harakat 150 nafar falastinlik aholini oʻz uylarini tark etishga majbur qilib, qishloqni bosib olingan Quddusga qoʻshib qoʻyishga qaratilgan.

BMT maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilda Isroil Gʻarbiy Sohilda 1058 ta Falastin obʻʻekti, jumladan, 192 turar-joyni buzgan. Bu harakatlar 38 ming kishiga salbiy taʻʻsir koʻrsatgan. Shuningdek, iyul oyida Isroil rasmiylari Iordan vodiysidan 12,7 kvadrat kilometr erni tortib olishni maʻʻqullagan, bu hududdagi yirik er musodira qilishlaridan biri hisoblanadi.

Isroilning ushbu noqonuniy xatti-harakatlari xalqaro qonunlarga zid boʻlib, mustaqil Falastin davlatini tashkil qilishga jiddiy tahdid solmoqda. Bugungi kunda bosib olingan hududlarda 700 mingdan ortiq isroilliklar 200 dan ziyod noqonuniy aholi punktlarida istiqomat qiladi.

Mavzuga aloqador