18.02.2025 16:01

Isroil Gʻarbiy sohilda minglab uylar qurishni rejalashtirmoqda — Al Jazeera


 
isroil Iordan daryosining bosib olingan Gʻarbiy sohilida minglab uylar quradi. Bu haqda 17 fevral kuni Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Taъkidlanishicha, Gʻarbiy sohilda yangi uylar qurilishi qattiq choralar tarafdori boʻlgan isroilliklar tomonidan tashkillashtirilmoqda. Bu siyosat bosqinchi isroil hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Qurilishni falastinliklar va ayrim xalqaro tashkilotlar tinchlik yoʻlidagi toʻsiq deya baholashmoqda.

Loyihaga koʻra, isroilliklar yashovchi Efrat maskani aholisi soni 40 foizga koʻpayadi. Bu joy Quddusdan 12 kilometr janubi-gʻarbda joylashgan.

Maъlumot uchun: Sharqiy Quddus, Gʻarbiy sohil va Gʻazo sektorini isroil 1967 yildagi urush payti bosib olgan. Xalqaro huquqqa koʻra, isroil bu hududlarda aholi maskanlari qurishi noqonuniydir.

Mavzuga aloqador