23.12.2023 21:48

Isroil-Falastin urushining 79-kuni: eng muhim yangiliklar dayjesti

Isroil hujumlari oqibatida oxirgi 24 soat ichida 201 nafar falastinlik halok boʻlib, jami qurbonlar soni 20 258 nafarga, yaralanganlar esa 368 kishiga oshib, 53 688 nafarga etdi. – Al Jazeera

 

Juma kuni Isroil Gʻazo sektoriga uyushtirgan aviazarbalar natijasida bir oilaning 76 nafar aʻʻzosi, jumladan, ayollar va bolalar oʻldirildi. – Arab News

 

Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilning turli shaharlarida kamida 20 nafar falastinlikni qoʻlga olganidan soʻng 7 oktyabrdan beri Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroil kuchlari tomonidan hibsga olinganlar soni 4675 ga etdi. - Anadolu

 

Falastinning HAMAS harakatining jangari qanoti Izzaddin al-Qassam brigadasi Isroil armiyasi avvalroq Gʻazo sektoriga hujum qilishda foydalangan hamda portlamay qolgan Isroil raketalari yordamida Isroilning beshta tanki yoʻq qilganini bildirdi. - Anadolu

 

Gʻarbiy Sohilning Baytullahim shahridagi falastinlik nasroniy ruhoniy Mitri Raheb Gʻazoda 2 ming yildan buyon yashab kelayotgan nasroniylar jamiyati Isroilning HAMASga qarshi urushi oqibatida yoʻq qilinishi mumkinligi, 75 kun ichida ularning 3 foizi oʻldirilganini taʻʻkidladi. - Independent

 

Falastinlik jurnalist Muhammad Abu Huvaydiy Gʻazo sektori sharqidagi Al-Shujaiya tumanida Isroil qoʻshini tomonidan uyushtirilgan hujumda halok boʻlishi bilan Gʻazo sektoriga 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida halok boʻlgan jurnalistlar soni 100 nafarga etdi. - Anadolu

 

Isroil matbuoti Tel-Aviv Gʻazoga quruqlikdagi hujumlarni toʻxtatib, kuchlarni qisqartirish, zaxira kuchlarni demobilizatsiya qilish, havo hujumlariga oʻtish hamda Isroil va Gʻazo sektori chegarasida bufer zona yaratishni oʻz ichiga olgan urushning uchinchi fazasiga oʻtishga tayyorgarlik koʻrayotganini maʻʻlum qildi. - Anadolu

 

Isroil harbiylari soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo janubida va shimolida 5 askar halok boʻlgani, 44 askar yaralangani, ulardan 10 nafarining ahvoli ogʻir ekanini bildirdi. – Al Jazeera

Mavzuga aloqador