Isroilning 7 oktyabrdan beri Gʻazoga uyushtirgan hujumlarida halok boʻlgan falastinlik soni 20 mingdan oshgani, ulardan kamida 8 ming nafari bolalar, 6 ming 200 nafari esa ayollar ekani hamda vayronalar ostida 6700 kishi, ularning 70 foizi ayollar bedarak yoʻqolgani maʻʻlum qilindi. - Anadolu

 

Isroil armiyasining Gʻazo janubidagi Rafah va Xon Yunisga uyushtirgan hujumlarida kamida 42 falastinlik halok boʻldi. - WAFA

 

BMT Oziq-ovqat dasturi Iordaniyadan Gʻazoga yuborilgan 46 yuk mashinasiga ortilgan 750 tonna oziq-ovqat va tez tibbiy yordam vositalaridan iborat insonparvarlik yukidan iborat ilk yordam karvoni birinchi marta Karm Abu Salim chegara postidan toʻgʻridan-toʻgʻri Gʻazo sektoriga etkazilganini bildirdi. - WFP

 

Isroil boshpana, oziq-ovqat va toza suv tanqisligi tufayli gumanitar falokat chuqurlashgan Gʻazo sektoriga dengiz orqali yordam joʻnatish uchun Janubiy Kipr maʻʻmuriyati bilan muzokaralar oʻtkazdi. Anadolu

 

Falastin nodavlat tashkilotlari tomonidan tuzilgan “Ishgʻolni sotib olish” (DBIO) koalitsiyasi tomonidan eʻʻlon qilingan yangi hisobotda Evropaning 776 moliya instituti 2020 yil yanvaridan 2023 yil avgustigacha noqonuniy yahudiy turar-joylari qurilishida faoliyat yuritgan 51 shirkatga 164,2 mlrd dollar yordam bergani maʻʻlum qilindi. - DBIO

 

Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Misr rasmiylari, jumladan, razvedka xizmati rahbari Abbos Komil bilan Isroilning Gʻazodagi hujumlarini toʻxtatish va ishgʻolni bekor qilish masalalarini muhokama qilish uchun Misrga tashrif buyurdi. - Anadolu

 

Isroil armiyasi Givati ​​brigadasining kichik zobiti, “Namer” BTR komandiri, katta serjant Uriel Koen hamda mayor Lior Sivan Gʻazo sektori janubidagi toʻqnashuvlarda halok boʻlganini maʻʻlum qilganidan soʻng 7 oktyabrdan buyon oʻlgani rasman tan olingan isroil askarlari soni 135 nafarga etdi. - Haaretz

 

Noyabrʻ oyida Isroilga oʻtgan yilning shu davridagi 370 ming oʻrniga 38 ming sayyoh tashrif buyurib, pasayish qariyb 90 foizni tashkil etdi. – TRT

 

Gollandiyaning Rotterdam shahridagi Binnenrotte maydoniga Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlarida halok boʻlgan falastinlik bolalar xotirasiga 8 ming juft bolalar poyabzallari terib chiqildi. - Anadolu

 

Mavzuga aloqador