Isroil-Falastin urushi: kunning eng muhim yangiliklari dayjesti
Isroilning Gʻazodagi tajovuzi qurbonlari soni 22 438 nafarga etdi, 57 614 nafar falastinlik jarohatlangan. - Anadolu
Isroil armiyasi Falastin Qizil yarim oy jamiyatining Gʻazo sektorining Xon Yunus shahridagi idorasini yana oʻqqa tutdi: 7 kishi yaralandi. Ushbu idoradan 14 ming ichki koʻchirilgan falastinlik boshpana topgan. – Al Jazeera
Turkiya umumiy ogʻirligi 2334 tonna boʻlgan 109 ta yuk mashinasidan tashkil topgan insonparvarlik yordamini kema orqali Gʻazoga joʻnatdi. Ushbu yuk oziq-ovqat, gigiena vositalari va asosiy ehtiyojlarni oʻz ichiga oladi. - Anadolu
2 yanvarʻ kuni Livan poytaxti Bayrut shahrida Hamas Siyosiy byurosi raisi oʻrinbosari Solih al-Aruriy va uning 6 nafar hamrohi binoga Isroilning qiruvchi samolyotidan uchirilgan va har biri 100 kg boʻlgan 6 ta boshqariluvchi raketa uchirilishi natijasida oʻldirilgani maʻʻlum qilindi. - Yedioth Ahronoth
Isroil armiyasi blokadadagi Gʻazo sektorining bir qancha hududlarida jangovar harakatlarning “uchinchi bosqichini” boshladi. "Uchinchi bosqich" intensiv bombardimondan cheklangan bombardimonlarga oʻtishni va Gʻazo sektoridan koʻpchilik qoʻshinlarni chegaraga olib chiqishni oʻz ichiga oladi. - KAN telekanali
Gʻazo sektoriga hujumlar boshlangan 7 oktyabrdan beri halok boʻlgan Isroil askarlari soni 509, jarohatlanganlar esa 2309 nafarga etdi. Ulardan 175 nafari Isroil qoʻshinlarining Falastin anklavidagi quruqlikdagi amaliyoti chogʻida halok boʻlgan. - Haaretz
Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Jozep Borrel Isroil vazirlarining gʻazoliklarni boshqa davlatlarga koʻchib oʻtishga chaqiruvchi “masʻʻuliyatsiz va provokatsion bayonotlarini” keskin qoraladi. - TRT
Xalqaro sud 11-12 yanvarʻ kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi daʻʻvosi boʻyicha ochiq tinglov oʻtkazilishini tasdiqladi. – Al Jazeera
Isroilning Livan janubidagi Nakura shahriga bergan soʻnggi zarbalarida Hizbullohning toʻrt nafar aʻʻzosi halok boʻldi. Harakat etakchisi Hasan Nasralla uning qurollangan kuchlari Isroil Livanga urush ochsa, oxirigacha jang qilishini bildirdi. - Al Jazeera
AQSh Taʻʻlim vazirligining siyosat boʻyicha katta maslahatchisi Tarir Xabash prezident Jo Baydenning Falastin-Isroil urushiga yondashuviga norozilik sifatida isteʻʻfoga chiqdi. "Prezident doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishi kerak", deb yozdi u chorshanba kuni X ijtimiy tarmogʻida. - Anadolu