22.03.2024 16:21

Isroil cheklovlariga qaramay, Al-Aqsoda 120 ming falastinlik juma namozini ado etdi

Isroil tomonidan qoʻyilgan barcha toʻsiqlarga qaramay, 120 mingga yaqin falastinlik musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyidagi ikkinchi juma namozini Al-Aqso masjidida ado etdi.

Oʻn minglab falastinliklar 22 mart kuni ertalab Gʻarbiy Sohil va Quddus oʻrtasidagi harbiy nazorat punktlaridan oʻtdi.

Koʻp soatlik yoʻl yurgan falastinliklar Al-Aqso masjidiga etib kelishdi va Ramazon oyida ikkinchi juma namozini oʻqishdi.

Isroil politsiyasi ertalabdan ishgʻol qilingan Sharqiy Quddusning Al-Aqso masjidi joylashgan Eski shahar atrofidagi yoʻllarni temir toʻsiqlar bilan oʻrab oldi.

Isroil xavfsizlik kuchlari juma namozi uchun islomiy ziyoratgohga kirmoqchi boʻlgan falastinliklarning hujjatlarini tekshirib, ularning koʻpchiligini yosh cheklovlari tufayli qaytardi.

Isroil politsiyasining aralashuvi tufayli Al-Aqso masjididan chiqayotgan falastinliklar bilan xavfsizlik kuchlari oʻrtasida vaqti-vaqti bilan janjal kelib chiqdi.

Quddus Islomiy vaqflar boshqarmasi maʻʻlumotlariga koʻra, 120 ming falastinlik Al-Aqso masjidida juma namozini oʻqigan.

Mavzuga aloqador