35 ming falastinlik Masjidul Aqsoda taroveh oʻqidi
Isroil cheklovlariga qaramay, 35 ming falastinlik Masjidul Aqsoda xufton va tarovih namozlariga saf tortdi. Isroil kuchlari Masjidul Aqsoga kirmoqchi boʻlgan yosh yigitni kaltaklab, hibsga olgani aytilmoqda.
Falastinning
WAFA rasmiy xabar agentligi Quddus Islomiy Vaqflar Departamentiga asoslangan
holda minglab falastinlik musulmonlar Ramazon oyining birinchi kunida Masjidul Aqsoga
toʻplanganini xabar qildi.
Xabarda
Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddus shahrida 5 oydan beri
musulmonlarning Masjidul Aqsoga kirishiga toʻsqinlik qilib kelayotgani esga olinib,
Isroil kuchlari Ramazonning birinchi kunida ham yoshlarning Masjidu Aqsoga
yaqinlashishiga ruxsat bermagani taʻʻkidlandi.
Xabarda
Isroil armiyasining Masjidul Aqsoga kirmoqchi boʻlgan falastinlik bir yigitni
qattiq kaltaklagani va qoʻlga olgani, joriy etgan cheklovlarga qaramay, 35 ming
kishining xufton va tarovih namozlari uchun Masjidul Aqsoda saf tortganligi
bildirildi.
Xabarda Isroilning Masjid-i Aqsoga olib boradigan
darvozalardan biri boʻlgan Esbat darvozasini oʻrab turgan devorlarga tikanli sim
oʻrnatganligi ham eslatildi.