23.01.2024 12:16

Isroil armiyasi kecha Gʻazoda 21 askari yoʻq qilinganini tan oldi

Isroil bosqinchi armiyasi vakili kontr-admiral Daniel Xagariy kecha Gʻazo sektori markazida, chegaradagi Kissufim aholi punkti yaqinida 21 bosqinchining oʻlganini tan oldi. Bundan tashqari, Isroil samolyoti oʻz tankini ichidagilari bilan birga portlatib yubordi.

Isroil bosqinchi armiyasi vakili kontr-admiral Daniel Xagariy kecha Gʻazo sektori markazida, chegaradagi Kissufim aholi punkti yaqinida 21 bosqinchining oʻlganini maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

“Bir necha askarimiz joylashgan binolardan uchtasi qulashi, ikkitasi raketa oʻqlari bilan urilgani, uchinchisi esa bubi tuzogʻiga tushib qolgant natijasida oʻldirilgan va yaralangan”, - degan Isroil armiyasi vakili.

Qayd etilishicha, Xon-Yunisda ikkita bino va tunnelʻ portlashi natijasida 24 nafar bosqinchi yoʻq qilingan. Shuningdek, Al-Qassam brigadasi ishgʻolchi samolyot oʻzlariga tegishli tankni bombardimon qilgani, oqibatda uning ichida boʻlganlarning barchasi halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

Umuman olganda, soʻnggi vaqtlarda Isroil armiyasi Gʻazo sektorida katta yoʻqotishlarga uchramoqda. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, Isroil Qatar va Misr vositachilari orqali Xamasga koʻp bosqichli kelishuv doirasida harbiy harakatlarni ikki oyga toʻxtatib turish taklifini etkazgan.

 

Mavzuga aloqador