Ispaniyaning 76 ta universiteti Isroil bilan aloqalarni uzdi
Talabalar
noroziliklari tufayli Ispaniyaning 76 ta universiteti Isroil universitetlari
bilan aloqalarini uzdi, deya xabar beradi Ispaniya universitetlari konfederatsiyasi.
Bu qaror shu
haftada Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi talabalar norozilik namoyishlari ortidan
universitet kampuslarida
lagerlar qurishni boshlaganlarida qabul qilindi.
Konfederatsiya namoyishlarga javoban, Falastin tadqiqot va oliy taʻʻlim muassasalari
bilan hamkorlikni kuchaytirishga, koʻngillilar va qochqinlarga yordam berish
dasturlarini kengaytirishga vaʻʻda berdi.
Maʻʻlumot uchun, Ispaniya Universitetlari Konfederatsiyasi Ispaniyaning 50 davlat universitetlari va 27 xususiy universitetlarini oʻz ichiga oladi.
Barselona universiteti Isroil bilan barcha aloqalarni
uzish uchun ovoz berganidan bir kun oʻtib, Basklar mamlakati universiteti aprel
oyida xuddi shunday harakatni amalga oshirganini eʻʻlon qildi.
Avvalroq Irlandiyaning Triniti kolleji talabalarning noroziliklari ortidan Isroil universitetlari bilan shartnomalarni bekor qilishga rozi boʻlgani haqida xabar bergan edik.