28.05.2024 15:08

Ispaniya Falastinni rasman tan oldi

Ispaniya Falastinni rasman tan oldi


Ispaniya Vazirlar kengashi Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan olish qarorini maʻʻqulladi. Bu haqda qirollik Vazirlar kengashi yigʻilishi yakunlari boʻyicha hukumat rasmiy vakili va taʻʻlim vaziri Pilar Alegriya maʻʻlum qildi. "Bu tarixiy qaror boʻlib, yagona maqsad tinchlikni taʻʻminlash", dedi u.

Qirollik Vazirlar kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida shunday qaror qabul qilindi

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares, oʻz navbatida, bu qadamni "burilish nuqtasi" va Yaqin Sharqda "tinchlikka erishishning yagona yoʻli" deb atadi.

Uning taʻʻkidlashicha, Falastin muammosini hal qilishda ikki davlat qaroriga muqobil yoʻq.

Vazir yaqin kunlarda Sloveniya ham Falastin mustaqilligini tan olishini maʻʻlum qildi.

Bugun ertalab Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Falastin davlatini tan olish nafaqat “Falastin xalqining qonuniy talablarini bajarish uchun tarixiy adolatni amalga oshirish”, balki Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatish yoʻlidagi qadam ekanligini aytdi.

Bosh vazir Sharqiy Quddus mustaqil Falastin poytaxtiga aylanishi, Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohil yagona Falastin milliy hukumati nazorati ostida boʻlishi kerakligini taʻʻkidladi. Sanches, shuningdek, Gʻazo va Gʻarbiy Sohilni bogʻlaydigan koridorga ehtiyoj borligiga ishora qildi.

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, Madrid 1967 yildagi chegaralarga tomonlar kelishilmagan oʻzgarishlarni tan olmaydi.

Norvegiya va Irlandiya ham Falastinni rasman tan olgani haqida maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador