01.03.2024 02:35

Iroq JSTga aʻʻzo boʻlish talablarini bajardi

Iroq savdo vaziri Atr al-urariy rasmiy Bogʻdod iqtisodiy islohotlarni yakunlab, sarmoyaviy muhit yaxshilanganidan soʻng Jahon Savdo Tashkilotiga aʻʻzo boʻlish uchun zarur shartlar  bajarilganini tasdiqladi. Mamlakat 2004 yilda JSTga yaʻʻzo boʻlish uchun ariza bergan edi.

Iroq savdo vaziri Atr al-Gʻurariy Iroq iqtisodiy islohotlarni yakunlab, sarmoyaviy muhit yaxshilanganidan keyin Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʻʻzo boʻlish uchun zarur shartlarni bajarganini tasdiqladi.

Al-Gʻurariyning taʻʻkidlashicha, Bagʻdod xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuv uchun belgilangan muddatlarga muvofiq tovar va xizmatlar bilan bogʻliq masalalarni yakunlagan.

“Iroq hukumati 2004 yilda JSTga aʻʻzo boʻlish uchun ariza berganidan soʻng, tashkilotga aʻʻzo boʻlish istagini bildirdi. “Iroq jahon iqtisodiyotida asosiy oʻrinni egallashi uchun koʻp tomonlama xalqaro savdo tizimiga aʻʻzo boʻlishi kerak”, - dedi u.

Iroq rasmiysining qoʻshimcha qilishicha, Iroq hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratish uchun butun dunyo boʻylab savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirishga intilmoqda.

JSTning bugungi kunda 164 aʻʻzosi mavjud. 

Mavzuga aloqador