Ikkinchi muddatda Tramp oʻzini xafa qilganlardan qasos oladi – Politico
Politico nashrining taʻʻkidlashicha, roʻyxatga Amerikaning amaldagi etakchisi Jo Bayden, vitse-prezident va Trampning saylovdagi raqibi Kamala Xarris, sobiq prezident Barak Obama va sobiq davlat kotibi Xillari Klinton kiritilgan.
AQShning Respublikachilar partiyasidan saylangan yangi prezidenti Donalʻd Tramp Oq uyga kelganidan soʻng oʻzining sobiq raqiblari bilan hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu fikrni Politico nashri bildirgan.
Unga koʻra, 2017 yildan 2020 yilgacha prezident boʻlib ishlagan siyosatchining qoʻlida qayta saylanganidan keyin qasos olishni rejalashtirayotgan odamlarning ismlari koʻrsatilgan uzun roʻyxat mavjud. Qayd etilganidek, Tramp endi bu rejalarni amalga oshirish uchun “xalqning mandati va kuchiga” ega boʻladi.
Politico nashrining taʻʻkidlashicha, roʻyxatga Amerikaning amaldagi etakchisi Jo Bayden, vitse-prezident va Trampning saylovdagi raqibi Kamala Xarris, sobiq prezident Barak Obama va sobiq davlat kotibi Xillari Klinton kiritilgan.
Bundan tashqari, Politico boʻlajak davlat rahbari koʻplab jurnalistlar va yirik ommaviy axborot vositalari tahririyatlariga nisbatan cheklov choralarini koʻrishini taʻʻkidlamoqda.
“Yillar davomida Trampning nutqlari va ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida siyosiy raqiblari, tanqidchilari va OAV aʻʻzolarini jinoiy javobgarlikka tortish, qamoqqa tashlash, deportatsiya qilish va hattoki qatl qilishga qasoskorona chaqiriqlar yangrab kelgan. 2024 yilgi kampaniyaning soʻnggi haftalarida u bu chvaqiriqlar oʻzining choʻqqisiga chiqdi. Endi u gʻalaba qozongach, u ham xalq mandatiga, ham jazo rejasini amalga oshirishga kirishish huquqiga ega”, — deyiladi xabarda.