Shavkat Mirziyoev Donalʻd Trampni tabrikladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Donalʻd Trampga AQSh prezidenti saylovida gʻalaba qozongani munosabati bilan tabrik yoʻlladi. U Trampni Oʻzbekistonga taklif qildi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 noyabrʻ kuni Donalʻd Trampga Amerika Qoʻshma Shtatlari
prezidenti saylovida gʻalaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan
tabrik yoʻlladi.
“Saylovlardagi
ishonchli gʻalabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQShni xalqaro
maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va
farovonlikni taʻʻminlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi
tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi”, - deyiladi
tabrikda.
Shavkat
Mirziyoev AQShning Oʻzbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini
qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgarmas pozitsiyasini, “ortga qaytmas tus olgan
tub islohotlarga koʻrsatib kelayotgan doimiy koʻmagini” alohida qadrlashini
taʻʻkidladi.
U aynan
Trampning ilk prezidentlik davrida, 2018 yil may oyida Oq uyda oʻtkazgan muzokaralardan
keyin Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlanganini
eslab oʻtdi.
Oʻzbekiston
rahbari bundan keyin ham Tramp boshchiligidagi AQSh Administratsiyasi bilan doʻstona
aloqalarni izchil davom ettirishdan, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha
kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
“Shuningdek,
“S5+1” platformasi va “Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh oʻrtasida savdo va
investitsiyalar boʻyicha hadli Bitimi” doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada
kengaytirish tarafdorimiz”, - dedi u.
Shuningdek,
tabrikda kelgusida Afgʻonistonda barqaror tinchlikni taʻʻminlash va uning
iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga hissa qoʻshish oʻzaro hamkorlining ajralmas qismiga
aylanishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek,
u Donalʻd Trampni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishini kutib qolishini maʻʻlum
qildi.
“Fursatdan
foydalanib, Sizni ushbu tarixiy gʻalabangiz bilan yana bir bor chin qalbdan qutlab,
mustahkam salomatlik, baxt-saodat, boshlanayotgan masʻʻuliyatli faoliyatingizda yangi
omadlar, doʻst Amerika xalqiga esa tinchlik-totuvlik va bardavom taraqqiyot tilab
qolaman”, - deyiladi tabrik soʻngida.