Hizbullohning raketa zarbalariga dosh berolmagan Isroil chekinmoqda
Hizbullohning ommaviy va uzluksiz hujumlaridan soʻng, Isroil bosqinchi kuchlari Falastin shimolidagi nazoratini yoʻqotdi. Bu haqda "Bolʻshoy Blijniy Vostok" Telegram-kanali xabar berdi.
Unga koʻra, bir necha soat ichida Hizbulloh 200 ta raketa uchirgan. Yaqinda axborot agentliklari Qoʻshma Shtatlar Isroilga bor-yoʻgʻi 100 ta raketa etkazib berishga vaʻʻda bergani haqida xabar tarqatgandi. Bu esa shu paytgacha berilgan AQSh yordamini hisobga olsak, dengizdan tomchidek gap. Ayni paytda bunday gap-soʻzlar Qoʻshma Shtatlar endi (bir vaqtning oʻzida ham Isroil, ham Ukraina uchun) bunchalik koʻp harbiy qurol ishlab chiqarishga chiday olmasligini bildiradi.
Hatto Amerikaning oʻzida atigi 16 ta Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi mavjud. Hizbulloh allaqachon Isroilda ulardan birini yoʻq qilgan.
Sionist rejimining propagandachi OAVlari ham armiyada qurol-yarogʻ bilan bogʻliq muammolar va kadrlar etishmovchiligidan soʻzlay boshlagani bejiz emas.
Turli yoʻnalishlardan hujumga oʻtgan Hizbulloh Temir gumbaz tizimini yorib oʻtishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, Livan qarshilik harakati Amerikaning GPS navigatsiyasidan emas, Eronning sunʻʻiy yoʻldosh tizimidan foydalanadi.
Isroil harbiylari ularning "maxsus oʻqitilgan itlari porox hidini sezmayotgani, binolarga yoki tunnelga kirishganida, portlash oqibatida itdek oʻlib ketayotgani"dan nolib, Amerika nashrlariga intervʻyu berayotgani ham yovuzlik ustida qurilgan rejimning tanazzulidan darak bermoqda.